Eng dolzarb

Ishtixonda koronavirusga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlariga 275 million so‘mlik ustamalar to‘lab berilmagan

Samaraqand viloyatining Ishtixon tumanida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlarining ustamalari to‘lab berilmagani aniqlandi.

Ishtixonda koronavirusga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlariga 275 million so‘mlik ustamalar to‘lab berilmagan

 

Tegishli huquqiy hujjatlarga ko‘ra, tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar ham joriy qilingan.

 

Prezidentning 2020-yildagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida mazkur ustama ko‘zda tutilgan.

 

Tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur hujjat ijrosi o‘rganilganida koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga jalb etilgan tuman SEO va JS (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi) bo‘limi xodimlariga 2021 yil may-iyun oylarida jami 275 805 479 so‘m olti foizlik qo‘shimcha to‘lovlar xodimlarning oylik ish haqiga qo‘shib to‘lab berilmaganligi aniqlandi. Bu haqda tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Akbar Jovliyev maʼlum qilgan.

 

Yuqoridagilarga ko‘ra, tuman adliya bo‘limining 2021 yil 23 iyuldagi taqdimnomasiga asosan, SEO va JS bo‘limining 65 nafar xodimiga 275 805 479 so‘m 6 foizlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilishi taʼminlangan.

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida fidokorona mehnati bilan yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati bilan qiyinchiliklarni yengib o‘tayotgan shifokorlarni eʼtirof etgani hamda Past-darg‘omda tibbiyot xodimlariga tajovuz qilingan shaxs qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.

 

Bahriniso Madumarova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Ishtixonda koronavirusga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlariga 275 million so‘mlik ustamalar to‘lab berilmagan | Zamon.uz