Jaloliddin Masharipov — OCHL chorak finalining eng yaxshi o‘yinchisi
“Al Nassr” klubining o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Osiyo chempionlar ligasi chorak finalining eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi.

Hamyurtimiz to‘p tepayotgan Saudiya Arabistoni jamoasi chorak finalda “Al Vahda”ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Masharipov ushbu bahsda 2 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Hujumchimiz chorak finalning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishdan tashqari ramziy jamoadan ham o‘rin egalladi.
Eslatib o‘tamiz, “Al Nassr” klubi bugun yarim final o‘yini doirasida Saudiyaning yana bir jamoasi “Al Hilol” bilan bahs olib boradi. Ushbu o‘yinda yutgan jamoa Osiyo chempionlar ligasining finaliga yo‘l oladi.
Maʼlumot o‘rnida: “Al Nassr” – “Al Hilol” o‘yini Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.
Avvalroq Eldor Shomurodov Rimda bo‘lib o‘tgan xayriya tashabbusida ishtirok etgani va “Oq bo‘rilar”ning keyingi raqibi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







