“Nasaf” OFK Kubogi finaliga yo‘l oldi
Bugun Qarshi shahridagi markaziy stadionda OFK Kubogining yarim finalidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Li Man” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Keskin va qarama-qarshiliklarga boy bo‘lgan to‘qnashuvda “Nasaf” jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi va finalga yo‘l oldi.
Uchrashuvda hisob “Nasaf” tomonidan gonkongliklarning xatosi sabab ochildi. Birinchi bo‘limning o‘rtalarida “Nasaf” to‘purari Husayn Norchayev hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalaridan Qarshi klubi himoyachasi Umar Eshmurodovning xatosidan keyin raqib hujumchisi Gil hisobni qisqartishga muvaffaq bo‘ldi. Biroz vaqtdan so‘ng “Li Man” futbolchisi Anxel penaltidan unumli foydalangan holda hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa yarim finalning asosiy vaqti 2:2 hisobida o‘z yakuniga yetdi. 15 daqiqalik qo‘shimcha bo‘limlarning 106-daqiqasida esa Andreya Kaluderovich “Nasaf”ning uchinchi golini urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa “Nasaf” jamoasi ikkinchi bor OFK Kubogining finalida ishtirok etadi.
Avvalroq “Nasaf” hindlarni 6:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







