Eng dolzarb

Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi

18-oktabr kuni Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning 12 ta qadimiy darvozasini tiklash va uning joylashgan koordinatalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi

 

Avvalroq Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti direktori o‘rinbosari Kamoliddin Fayzullayev eski shahar qalʼasining 12 darvozasi va O‘rdaning joylashgan o‘rni qidirilayotganligi haqida aytib o‘tgandi.

 

Qayd etilishicha, mazkur obyektlarning aniq joylashuvini kartografik arxiv materiallarini bugungi kundagi joyga geografik bog‘lash orqali aniqlash imkonini berish uchun 1866-1872, 1890, 1912, 1977 va 2019 yillarda yaratilgan xaritalardan foydalanilgan.

 

Shuningdek, Eski shahar qalʼasining devori va 12 darvozasi hamda O‘rdaning tarixi aks etgan maʼlumotlar Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti “his.tashkent.uz” interaktiv platformasida bir yarim asrga taalluqli xaritalar joylashtirildi.

 

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi “Raqamli rivojlanish departamenti” MCHJ tomonidan Toshkent shahrining 12 ta qadimiy darvozalarining koordinatalari aniqlangan. Bu uchun arxiv xaritalari zamonaviy xaritalarga bog‘langan.

 

Maʼlumot o‘rnida, qadimiy darvozalarni qayta tiklash va qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilishiga uch oy muddat berilishi rejalashtirilgan. Buyurtmachi etib – Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilanmoqda.

 

Bosh loyihachi va bosh pudrat tashkilotlari esa qonunchilikda belgilangan tartibda tender (tanlov) o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.

 

Qadimiy darvozalarini qurish ishlarini moliyalashtirish manbalari Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashida ko‘rib chiqiladi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi | Zamon.uz