UFC sportchilarning AQSHga kirishida cheklov o‘rnatdi
UFC xalqaro jangchilarga, agar ular to‘liq emlanmasa, AQSHga kiritilmasligini maʼlum qildi.

Qo‘shma Shtatlarga uchayotgan xorijiy fuqarolar to‘liq emlangan bo‘lishi va emlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. To‘liq emlangan sayohatchilar uchishdan uch kun oldin olingan salbiy COVID-19 testini ham topshirishlari lozim bo‘ladi. Bu talab Kanada va Meksika bilan quruqlik chegaralarini kesib o‘tgan yoki AQSHga yo‘lovchi paromi bilan kelgan chet el fuqarolariga ham taalluqli. Jangchilar JSST tasdiqlagan yettita vaksinadan biri bilan emlanganini isbotlashi kerak. Shuningdek, ular safardan keyingi 72 soat ichida COVID uchun test natijasini berishlari talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Sputnik V vaksinasi JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinalar ro‘yxatiga kiritilmagan.
Avvalroq Habib yangi qurilayotgan otasi nomidagi maktab haqida gapirgani va Paddy Pimblett Habib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







