Sport

Yevropa futbol oqshomida qanday natijalar qayd etildi?

Kecha Yevropa maydonlarida Chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda muxlislar bir qator asosiy va qiziqarli bahslarning guvohi bo‘ldi.

Yevropa futbol oqshomida qanday natijalar qayd etildi?

 

 

Xususan, eng qiziqarli o‘yinlardan biri “Liverpul” — “Atletiko” jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Dastlab ikkita to‘p bilan oldinga chiqib olgan ingliz klubi keyinchalik ikkita to‘p o‘tkazib yubordi. Ikkinchi bo‘limda “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizman maydondan chetlatilganidan so‘ng “Liverpul” raqib darvozasini yana bir bor ishg‘ol qildi.

 

Shu tariqa ingliz jamoasi 9 ochko bilan guruhda yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, “Atletiko” 4 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Guruhning “Milan” — “Portu” uchrashuvida esa “Portu” klubi 1:0 hisobda g‘alaba qozondi va guruhda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Milan” hozircha umuman ochko jamg‘ara olmagan.

 

Kecha, shuningdek, “PSJ” — «RB Leypsig» o‘yini ham qarama-qarshiliklarga boy bo‘ldi. O‘yinning birinchi bo‘limi 1:1 hisobida yakunlanganidan so‘ng, ikkinchi bo‘lim boshida nemislar hisobda oldinga chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq Messining 67 va 74-daqiqada kiritgan gollari Parij klubiga g‘alaba keltirdi.

 

Guruhning ikkinchi o‘yinida "Manchester Siti" “Bryugge” ustidan 5:1 hisobida ustun keldi. Mazkur guruhda “PSJ” 7 ochko bilan birinchi bo‘lib turgan bo‘lsa, "Manchester Siti" 6 ochko bilan ikkinchi, “Bryugge” 4 ochko bilan uchinchi o‘rindan joy olgan. "RB Leypsig" hisobida hozircha umuman ochko yo‘q.

 

Shuningdek kecha “Inter” — “Sherif”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, guruhning ikkinchi o‘yinida "Real Madrid" “Shaxtyor” jamoasidan 5:0 hisobida ustun keldi. Bu guruhda “Sherif” va "Real Madrid" 6 ochko bilan birinchi, ikkinchi o‘rinlarni band etgan bo‘lsa, “Inter” 4 ochko bilan uchinchi, “Shaxtyor” 1 ochko bilan to‘rtinchi o‘rindan joy olgan.

 

Bundan tashqari kecha oqshom “Beshiktosh” — "Sporting" o‘yinida 1:4 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, “Ayaks” "Borussiya D"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa mazkur guruhda “Ayaks” 9 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. "Borussiya D" 6 ochko bilan ikkinchi, “Sporting” 3 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan. “Beshiktosh” hozircha umuaman ochko jamg‘ara olmagan.

 

Bugun Yevropa chempionlar ligasining qolgan uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

 

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yevropa futbol oqshomida qanday natijalar qayd etildi? | Zamon.uz