Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar eʼlon qilindi
Kecha oqshom Yevropa maydonlarida Chempionlar ligasining navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Bugun UEFA ushbu musobaqada haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun daʼvogarlar ro‘yxatini eʼlon qildi. Nomzodlar qatoriga “Zalsburg” yarim himoyachisi Nuh Okafor, “Sporting” himoyachisi Sebastyan Koates, “Ayaks” himoyachisi Deyli Blind va “Liverpul” darvozaboni Alisson Bekker kiritildi. Ushbu futbolchilar jamoasi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Xususan, Nuh Okafar “Zalsburg”ning “Volfsburg”ga qarshi o‘yinida ikkita to‘p kiritgan bo‘lsa, Sebastyan Koates ham ushbu turda o‘z hisobiga dubl yozdirib qo‘ydi. “Liverpul” darvozaboni Alisson Bekkor esa “Atletiko”ga qarshi muhim o‘yinda bir qator golli vaziyatlarda jamoasi joniga oro kirdi. Deyli Bilnd ham “Ayaks”ning “Borussiya D” bilan bahsida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, raqib darvozasiga bitta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq YCHLda ikkinchi kungi bahslar tugagani va Yevropaning o‘ndan ortiq davlati FIFAni tark etmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







