Endi qadimiy shaharlarda bojsiz savdo qiluvchi “Duty Free” do‘konlari ochiladi
Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Qonunga ko‘ra, nafaqat aeroportlar, balki mamlakatimizning qadimiy shaharlari Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qo‘qon markazlarida bojsiz savdo qiluvchi “Duty Free” do‘konlari tashkil etiladi.
Shuningdek, boj va tovar sertifikatlari uchun to‘lanadigan soliqlar ham kamaytirilishi yoki butkul to‘xtatilishi belgilandi. Jumladan, tovar va transport vositalarini bojxona rejimiga joylashtirish bekor qilindi.
Shu bilan birga, tizimda appelyatsiya kengashi tashkil etilmoqda. Ushbu tizimning maqsadi tadbirkor bilan bojxona o‘rtasidagi mavjud nizolarni sudgacha hal qilish hamda ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olish rejalashtirilgan
Bundan avval Oliy sud Toshkentdagi teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlari ishi bo‘yichak surishtiruv boshlangani hamda O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasida yangi bojxona ochilgani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda 1-oktabrdan 6 ta bojxona posti tugatilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







