Eng dolzarb

Moliyaviy oqimlarni yaxshilash uchun mamlakatdagi investision muhitni yaxshilash kerak

Bugun, 21 oktabr kuni Xalqaro media-xollda "Qulay ishbilarmonlik muhiti: qanday qilib O‘zbekiston moliyaviy oqimlarning mintaqaviy markaziga aylanishi mumkin?" mavzusida munozara bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va tashkilot vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Moliyaviy oqimlarni yaxshilash uchun mamlakatdagi investision muhitni yaxshilash kerak

 

Moliyaviy oqimlarni yaxshilash uchun, eng avvalo, mamlakatdagi investitsion muhitni yaxshilash kerak. Tadbirda so‘zga chiqqan Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Laziz Qudratov ham so‘nggi besh yillikda Respublikada investision muhitni yaxshilash uchun qilingan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Xususan, respublikaga kirib kelish so‘nggi yilarda yana-da osonlashdi. Hozirda O‘zbekistonga 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari vizasiz kirishlari mumkin. Shu bois ham O‘zbekiston MDH doirasida eng liberal viza siyosatini joriy etganligi bilan ajralib turadi.

 

Shuningdek, respublikada so‘nggi yillarda investorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ulardan biri –– investorlar masalalari bo‘yicha Oliy Sudda maxsus xayʼat tashkil etilganidir. Endilikda ular Oliy sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi mumkin.

 

Bundan tashqari, 2022-yil martida O‘zbekistonda I investision forum bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bu orqali investorlarni jalb qilish yana-da kengayishi mumkin.

 

Tadbirda yana bir spiker – O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Kasimov respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilanganiga eʼtibor qaratdi.

 

Munozara ishtirokchilaridan biri – korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimov ham so‘nggi yillarda tadbirkorlarning tom maʼnoda mavqei ko‘tarilganini taʼkidladi.

 

“Uzoq yillar davomida tadbirkorlarga yetarli eʼtibor berilmadi. Ammo so‘nggi besh yilda tadbirkorlarning mavqei jamiyat orasida ham, davlat siyosatida ham ko‘tarildi”, – dedi tadbirkor.

 

Maʼlumot uchun: 2020 yilda pandemiyaga qaramay, O‘zbekistonda 195 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu yilning dastlabki to‘qqiz oyida esa, bu ko‘rsatkich 150 mingni tashkil etmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarning 618 million dollarlik texnologik uskunasi ishga tushirilib,buning natijasida  39 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jahongir Qo'ziyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Moliyaviy oqimlarni yaxshilash uchun mamlakatdagi investision muhitni yaxshilash kerak | Zamon.uz