Eng dolzarb

O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi aʼzosi bo‘ldi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining  Gland (Shveysariya) shahrida joylashgan bosh qarorgohiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi aʼzosi bo‘ldi

 

Ularni Ittifoqning rivojlanish guruhi global direktori Enrike Lamann kutib oldi.

 

Tashrif doirasida O‘zbekistonning Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiga aʼzolikka qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz Ittifoq safiga qo‘shilgan 92- va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi davlat bo‘ldi.

 

Uchrashuvda O‘zbekistonning qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar va biologik xilma-xillikni saqlash sohasiga qaratilgan saʼy-harakatlari, ilmiy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Ittifoq aʼzoligiga kirishiga bo‘lgan intilishi alohida qayd etildi.

 

Shuningdek, bu yutuq O‘zbekistonga Global ekologik jamg‘arma (GEF) va Yashil iqlim jamg‘armasi (ZKF) dan ekologik loyihalar uchun grant mablag‘larini jalb qilishni jadallashtirish, respublikadagi ixtisoslashtirilgan muassasa va tashkilotlarning kadrlar salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi strategik hujjatlarni ishlab chiqishda xalqaro standartlarni qo‘llash imkoniyatini yaratadi.

 

Maʼlumot uchun: Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi bioxilmaxillikni saqlash sohasida tadqiqotlar olib boradigan, tabiat yaxlitligini saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga hissa qo‘shadigan dunyo miqyosidagi yetakchi tashkilot hisoblanadi.

 

Ittifoq 1948-yilda YUNESKO tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unga 91 mamlakat va 120 davlat tashkiloti aʼzo.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Helena Frayzer “Yuksalish” umumilliy harakatining faxriy aʼzosi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi aʼzosi bo‘ldi | Zamon.uz