Ta'lim

Uzluksiz taʼlim tizimida bir nechta chet tilini o‘rganish konsepsiyasi tasdiqlandi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha, Xalq taʼlimi hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirliklarining qo‘shma qarori bilan “Uzluksiz taʼlim tizimida bir nechta chet tilini o‘rganish konsepsiyasi” tasdiqlandi.

Uzluksiz taʼlim tizimida bir nechta chet tilini o‘rganish konsepsiyasi tasdiqlandi

 

Unga ko‘ra, ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda 5-sinfdan boshlab ikki va undan ortiq chet tillarini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda o‘rgatish o‘quv rejadagi baʼzi fanlarni xorijiy tillarga o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab-internat va ijod maktablarida ham bu tizim tadbiq qilinadi. Bunda mazkur tizim 7-sinfdan boshlanadi.

 

Uzluksiz taʼlim tizimida chet tillarini o‘rganishni tizimli tarzda bir nechta bosqichga bo‘lgan holda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

 

Jumladan:

 

- maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, boshlang‘ich professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda;

 

- ayrim fanlar (xorijiy tillar) chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda 5- dan 11-sinfgacha, ayrim fanlar (xorijiy tillar) chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktab-internat va ijod maktablarida esa 7- dan 11-sinfgacha bo‘lgan davrda; qo‘shimcha tarzda, akademik litseylarning xorijiy til chuqurlashtirib o‘qitiladigan taʼlim yo‘nalishlarida;

 

- oliy taʼlim muassasalarining 1-2-kurslarida kasbiy vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganish bosqichiga ko‘tariladi. Bunda chet tilini o‘rganish avvalgi bosqichda o‘qigan chet tillarini davom ettirgan holda olib boriladi.

 

Konsepsiyaning asosiy maqsadi:

 

- taʼlim oluvchilarning lingvistik barqaror va uzluksiz rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

 

- taʼlim oluvchilarning istalgan darajada chet tilida muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish. Ularga boshqa madaniyat va urf-odat vakillari bilan teng huquqli muloqot qilish imkoniyatini berish;

 

- taʼlim oluvchilarni turli sohalarda va madaniyatlararo erkin muloqotga kirishishiga imkon yaratishdan iborat.

 

Bundan avval chet tillarni o‘qitish bo‘yicha yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantirilishi hamda Prezident maktabi bitiruvchilari davlat OTMlariga imtihonsiz grant asosida qabul qilinishi haqida xabar qilingandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Uzluksiz taʼlim tizimida bir nechta chet tilini o‘rganish konsepsiyasi tasdiqlandi | Zamon.uz