Sport

YECHL. Ikkinchi kungi bahslar qanday natijalar bilan tugadi

Kecha oqshom Yevropa chempionlar ligasining ikkinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinlardan "Manchester Yunayted" — “Atalanta” to‘qnashuvi keskin va murosasiz o‘tgani bilan muxlislar yodida qoldi.

YECHL. Ikkinchi kungi bahslar qanday natijalar bilan tugadi

 

Dastlab hisobda ikki to‘p farqi bilan orqada borayotgan ingliz klubi natijada Reshford, Maguayr va Ronalduning goli evaziga irodali g‘alabaga erishdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Vilyareal" "Yang Boyz" ustidan 4:1 hisobda ustun keldi. Mazkur bahslardan so‘ng manchesterliklar guruhda 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Atalanta” va "Yang Boyz" keyingi o‘rinlardan joy olgan.

 

“E” guruhi peshqadami bo‘lib turgan “Bavariya” bu safar ham raqiblarini ayab o‘tirmadi. Bu gal nemislar “Benfika”ni 4:0 hisobda mag‘lub etdi va 9 ochko bilan guruhning yaqqol peshqadami bo‘lib oldi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Barselona” 2Dinamo Kiyev"dan bitta to‘p farqi bilan ustun keldi va dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

 

Natijada kataloniyaliklar 3 ochko bilan uchinchi o‘ringa joylashdi. “Benfika” 4 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda. "Dinamo Kiyev" 1 ochko bilan so‘ngi o‘rinni egallab turibdi.

 

Kecha Angliyaning “Chelsi” klubi ham ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Malmyo” qarshi kechgan bahsda inglizlar javobsiz 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “H” guruhining ikkinchi o‘yini “Yuventus” va “Zenita” klublari ishtirokida o‘tdi.

 

Natijada italiyaliklar safarda 0:1 hisobida g‘alaba qozonib uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Hozirda guruhda “Yuventus” 9 ochko bilan birinchi, “Chelsi” 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi pog‘onalardan “Zenit” va “Malmyo” jamoalari joy olgan.

 

“G” guruhida ham navbatdagi bahslar o‘tkazildi. Unda “Lill” o‘z uyida “Sevilya” bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, “Zalsburg” “Volfsburg” ustidan 3:1 hisobida ustun keldi. Mazkur guruhda “Zalsburg” 7 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. 3 ochko jamg‘argan “Sevilya” ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi pog‘onalarni “Lill” va “Volfsburg” jamoalari band etgan.

 

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

YECHL. Ikkinchi kungi bahslar qanday natijalar bilan tugadi | Zamon.uz