Ta'lim

Har yili “trend”ga chiqadigan talabalar muammosi uzog‘i bilan 4 yilda hal etiladi

Viloyatdan poytaxtga o‘qishga kelgan yigit-qizlarning yagona maqsadi — kvartira izlab topish. Har yili yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalar orasida yotoqxona muammosi “trend”ga chiqadi. Ularni qiynaydigan bu muammo bartaraf etiladimi? Yoki har yilgidek, eski hammom — eski tosligicha qolaverdimi? Aslida, bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?  Bugun Xalqaro media-xollda bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov bu kabi savollarga javob berdi.

Har yili “trend”ga chiqadigan talabalar muammosi uzog‘i bilan 4 yilda hal etiladi

 

 

"Sifatli taʼlim — inson kapitaliga sarmoya" mavzusidagi muloqotda Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyati va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, respublikada joriy yilning may oyigacha 58 ming o‘rinli talabalar turar joyi mavjud edi. Yildan-yilga oliy taʼlimga talabalar qamrovi ortib borayotgani hisobiga yotoqxonaga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda.

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulovning qayd etishicha, so‘nggi uch oyda mavjud talabalar yotoqxonasida  30 mingta yangi o‘rin yaratildi. Shuningdek, 10 ming o‘rinli yangi talabalar turar joyi qurildi.

 

 Biz bu bilan muammo to‘liq yechildi deya olmaymiz, — deydi A.Toshqulov. — Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan so‘nggi 4 yilda yana 100 ming o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi qurilish ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, tadbirda bu yil 100 ming nafar talaba chet davlatdan  O‘zbekistonga o‘qishini ko‘chirishi uchun ariza bilan murojaat qilgani, shuningdek, OTM joriy o‘quv yilidan boshlab kredit modul tizimiga to‘liq o‘tgani kabi masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.  

 

Bahriniso Madumarova

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Har yili “trend”ga chiqadigan talabalar muammosi uzog‘i bilan 4 yilda hal etiladi | Zamon.uz