U yiqilganidan so‘ng darhol o‘rnidan turib ketadiganlar toifasiga kiradi - Lukakuning agenti
“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukakuning agenti Federiko Pastorello Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turining “Malmyo”ga qarshi uchrashuvida hujumchi olgan jarohat haqida gapirdi:

“Men juda xavotirda edim, chunki Lukaku har bir o‘yinda ishtirok etishni xohlaydi. Uning penalti belgilangandan keyin ham maydonda uzoq vaqt yotib qolgani ajablanarli holat edi. Chunki u yiqilgandan so‘ng darhol o‘rnidan turib ketadiganlar toifasiga kiradi. Romelu u yerda to‘rt daqiqa yotdi va bu meni qattiq qo‘rqitdi. Hozir biz tibbiy ko‘rik natijalarini kutyapmiz. Romelu o‘z fizioterapevtiga ega va har kuni rejalashtirilganidan-da tezroq qaytish uchun astoydil harakat qilmoqda. Lukaku – qattiqqo‘l va irodali yigit. Men uni tezda oyoqqa turib ketishiga ishonaman”.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionlar ligasida “Chelsi” “Malmyo” ustidan 4:0 hisobida ustun keldi.
Avvalroq Dibala Turinda yana 5 yilga qolishi va “Nyukasl” bosh murabbiyi Stiv Bryus istefoga chiqqani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







