Men Messi bu yil "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga ishonaman — Samuel Eto‘O
“Barselona” va “Anji” klubining sobiq hujumchisi Samuel Eto‘O "Oltin to‘p" uchun asosiy daʼvogar kim degan savolga javob berdi.

“Men bu yil Messi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga ishonaman. U menga nafaqat futbolchi, balki shaxs sifatida ham yoqadi. Messi dunyoning birinchi raqamli futbolchisi hisoblanadi. Messining “Barselona”dagi o‘yini bunga yaqqol misol bo‘la oladi. O‘g‘lim uni juda yaxshi ko‘radi. Bu mavsumda Karim Benzema ham "Real Madrid" safida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Lekin men har qanday sharoitda Messiga ovoz beraman".
Bundan avval yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga daʼvogar bo‘lgan 30 futbolchining ro‘yxati eʼlon qilingan edi. Sovrinni topshirish marosimi esa 29-noyabr kuni Parijdagi Shatle teatrida o‘tkaziladi.
Jamshidbek Amirov







