Eng dolzarb

Saylov kuni tana harorati yuqori bo‘lganlar uchun alohida kabina va quti tashkillashtiriladi

Bu haqda Bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev Markaziy saylov komissiyasining matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Saylov kuni tana harorati yuqori bo‘lganlar uchun alohida kabina va quti tashkillashtiriladi

 

Saylovchilar va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lganlar aniqlangan taqdirda, ular ovoz berish xonasiga kiritilmasdan ovoz berishlari uchun alohida ajratilgan joylarda ko‘chma saylov qutilari va kabinalar tashkil etildi.

 

Qolaversa, tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lganlar hamda kasallik alomatlari aniqlanganlar uchun alohida izolyator xonalari hamda saylov binolarida tibbiy xonalar tashkil etildi. Ular zarur dori-darmonlar hamda tibbiy vositalar bilan bilan ham to‘liq taʼminlandi.

 

Bahodir Yusupaliyevning taʼkidlashicha, shifoxonalardagi saylov uchastkalariga “yopiq saylov uchastkasi” maqomi berildi. Mustaqil yurish imkoniyati bo‘lgan bemorlar uchun shifoxona hududida maxsus tayyorlangan xonada ovoz berishlari tashkillashtirildi, yotoq rejimidagi bemorlar uchun maxsus mobil saylov qutilari tashkil etildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladigan saylov uchastkalarida karantin talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun jami 21 mingdan ortiq tibbiy xodim biriktirildi. Ularga dam olish kuni ishlashi bois ularga qo‘shimcha haq to‘lanadi.

 

Hozirgi kunda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tizimli va markazlashgan holda har bir saylov uchastkasida zararsizlantirish (dezinfeksiya) ishlari o‘tkazilmoqda.

 

Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarga kamida bir nafardan tibbiyot xodimi biriktirildi va ular tomonidan saylov komissiyalari binolarining kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o‘lchash, antiseptik vosita bilan qo‘llarini dezinfeksiya qilish va zaruratga ko‘ra himoya niqobi berish ishlari tashkillashtirildi.

 

Bahriniso Madumarova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Saylov kuni tana harorati yuqori bo‘lganlar uchun alohida kabina va quti tashkillashtiriladi | Zamon.uz