APL. “Qizillar” “... iblislar”ga qarshi
Bugun Angliya premyer-ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi 9-tur uchrashuvida “Manchester Yunayter” – “Liverpul” jamoalari Manchester shahridagi “Old Trafford” stadionida maydonga tushadi.

“Liverpul” klubi hozirda 8 o‘yinda 18 ochko to‘plagan holda Angliya premyer-ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. “Manchester Yunayted” esa 14 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Londonning “Chelsi” jamoasi 9 uchrashuvda 22 ochko to‘plab chempionatda peshqadamlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvni Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqaradi. Unga Gari Besvik va Li Betts yordam beradi. Zaxira hakami Mayk Din esa nazorat qilib boradi.
Avvalroq “Nyukasl” bosh murabbiyi Stiv Bryus istefoga chiqqani va “Bavariya” klubi himoyachisi Lukas Ernandes qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







