Boks. Jahon chempionatida O‘zbekiston termasining bayroqdori kim bo‘lishi maʼlum bo‘ldi
Bugun, 24 oktabr kuni Serbiya davlatining Belgrad shahrida jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ochilish marosimida har bir mamlakat terma jamoasi vakillari o‘z yurti bayrog‘ini ko‘tarib chiqadi. O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarish kabi eng sharafli vazifa esa terma jamoamizning eng og‘ir vaznli bokschisi Lazizbek Mullojonovga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu marosim Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Unga jahon boksi olamidagi yulduzlar, xususan, AIBA tomonidan mehmon sifatida Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov ham taklif etilgan.
Avvalroq O‘zbekiston boks terma jamoasining tarkibi eʼlon qilingani va Shahram G‘iyosov nimа sababdan havaskor boksga qaytgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







