Eng dolzarb

Barcha nomzodlar ovoz berib bo‘ldi

Prezidentlik saylovlarida nomzodlar ham Toshkent shahridagi turli saylov uchastkalarida ovoz berib bo‘ldi.

Barcha nomzodlar ovoz berib bo‘ldi

 

O‘zbekistonda prezident saylovi boshlandi. 24-oktabr kuni soat 08:00 dan mamlakatdagi barcha saylov uchastkalari davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi. Ovoz berish jarayoni soat 20:00 ga qadar davom etadi.

 

Soat 9:00 holatiga ko‘ra, respublikada davomat ko‘rsatkichi 12,3 foizni ko‘rsatmoqda. Saylovchilar Farg‘ona (16,9), Andijon (16,1), Namangan (14,9) va Jizzax (13,3) viloyatlarida faollik ko‘rsatishmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.

 

 

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning 9 nafar oila aʼzosi ham saylov uchastkasida bo‘ldi, saylov huquqiga egalar ovoz berishdi.

 

 

 

Saylovda prezidentlikka nomzodlardan birinchi bo‘lib O‘zbekiston Ekologik partiyasi nomzodi Narzullo Oblomurodov qatnashdi. U Toshkent shahridagi 579-saylov uchastkasida oila aʼzolari bilan birga ovoz berdi. 

 

 

Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan Maqsuda Vorisova poytaxtning Uchtepa tumanidagi 206-saylov uchastkasida ovoz berdi. Unga ham turmush o‘rtog‘i va oila aʼzolari hamrohlik qilgan.

 

 

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov Shayxontohur tumanidagi 132-maktabda tashkil etilgan 405-saylov uchastkasida oila aʼzolari — rafiqasi, o‘g‘li, kelini va nevaralari bilan birga ovoz berdi. 

 

 

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov rafiqasi bilan birga Toshkent shahridagi 116-saylov uchastkasiga kelib, oovz berishdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Barcha nomzodlar ovoz berib bo‘ldi | Zamon.uz