Soat 15:00 ga qadar O‘zbekiston bo‘yicha jami saylovchilarning 64,2%i ovoz berdi
O‘zbekiston prezidenti saylovida mamlakatdagi saylov uchastkalarida soat 15:00 holatiga ko‘ra saylovchilarning 64,2 foizi ishtirok etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.


Qayd etilishicha, saylov uchastkalari ochilganidan so‘ng o‘tgan 7 soat vaqt davomida jami 19 859 127 nafar saylovchining 12 748 549 nafari ovoz berdi.
Soat 15:00 holati bo‘yicha saylovchilarning eng yuqori faolligi Farg‘ona viloyatida (71,9 foiz), eng susti esa Toshkent viloyatida (53,7 foiz) kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, YEXHT parlamentlar assambleyasi kuzatuvchilari O‘zbekiston Prezidenti sayloviga yuqori baho bergandi. Shu bilan birga, kuzatuvchilardan biri afg‘onistonlik Nuri Husayn Ali, Tojikistonlik kuzatuvchi hamda Pokiston mamlakati kuzatuvchisi Tezeen Akhtar O‘zbekiston Prezidenti saylovi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishgandi.
Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi soat 11:00 ga qadar ovoz bergan saylovchilar ko‘rsatkichini eʼlon qilgani, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 43-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etayotgani, Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari xorijdagi saylov uchastkalari to‘g‘risida maʼlumot berilgani hamda saylovchilarning umumiy soni 21,2 million nafardan oshgani haqida xabar berilgandi.







