Internet monitoringida saylov jarayonida jurnalist saylov qutisini ko‘zdan kechirib, tegingani aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan saylovga oid har bir salbiy xabar prokuratura organlari tomonidan o‘rganildi.

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Bosh prokurorning qayd etishicha, Mirobod tumanidagi 113-sonli saylov uchastkasida “Gazeta.uz” sayti muxbiri saylov qutisini ko‘zdan kechirib, teginganligi uchun uchastka saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari bilan yuzaga kelgan ziddiyatli holat haqidagi videoyozuv Internet monitoringida aniqlandi. O‘rganish jarayonida bu ikkala tomon o‘zaro yarashib, tushunmovchilikni bartaraf etgan, hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Tadbirda bu yilgi saylovda yangiliklar bo‘lgani aytildi. Xususan, barcha saylov uchastkalari 11 mingga yaqin ko‘chma saylov qutilari, brayl alifbosidagi saylov byulletenlari bilan taʼminlandi. Barchasida panduslar o‘rnatildi hamda surdo tarjimonlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu kabi ishlar natijasida imkoniyati cheklangan fuqarolarning ham ovoz berishi amalda ro‘yobga chiqarildi.
Matbuot anjumanida bugungi kunda mamlakatimizda media makon vakillarining faollashuvi, jamoatchilik nazoratining kuchayganligi qonuniylikni taʼminlashda alohida ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
Mavzuga oid: Yunusobod tumanidagi 519-sonli saylov uchastkasida fuqaro 3 nafar oila a’zolari uchun ham
ovoz berishga harakat qilgan.
Avvalroq MSKda MDH kuzatuvchilari bilan brifing tashkil etilgani hamda Turkiy tilli davlatlar Kengashi delegatsiyasi rahbari Omer Kochaman Zamon.uz uchun maxsus intervyu bergani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova







