MSK prezident saylovlarining dastlabki natijalarini eʼlon qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning 2021-yil saylovi natijalari


Markaziy saylov komissiyasi boshlig‘i Zayniddin Nizomxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, 80,1% ovoz bilan birinchi o‘rinni O‘zLiDeP nomzodi ko‘rsatgan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev egalladi.
Boshqa nomzodlarning natijalari quyidagicha:
Maqsuda Vorisova (“Xalq” demokratik partiyasi) - 6,6%
Alisher Qodirov ( “Milliy tiklanish”) - 5,5%
Narzullo Oblomurodov (“Ekologik” partiya) - 4,1%
Baxrom Abduxalimov (“Adolat”) - 3,4%
Saylovda ishtirok etganlar umumiy ro‘yxatga olingan saylovchilarning 80,4 foizini tashkil etdi.
Cho‘lponoy Ahmedova







