Maradonaning o‘limiga nima sabab bo‘lgan?
Advokat Matias Morla jahon chempionining o‘limi sabablarini o‘rganish bo‘yicha Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan sud majlisida tegishli ko‘rsatma berdi.

Maradonaning advokati futbolchining o‘limiga asosiy omillarni aytib o‘tdi. Uning fikriga ko‘ra, futbolchining o‘limiga sifatsiz tibbiy yordam sabab bo‘lgan.
Advokat Matias Morla jahon chempionining o‘limi sabablarini o‘rganish bo‘yicha Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan sud majlisida tegishli ko‘rsatma berdi.
Morla Maradonaning oldiga so‘nggi marta borgani haqida gapirib, uning ovozi juda yaxshi — baland va tiniq bo‘lganini aytgan. Keyinchalik futbolchi tanasida suv miqdori oshib ketgani, davolanashi chog‘ida shifokorlar ko‘p xatoga yo‘l qo‘ygani va kerakli muolajalar o‘z vaqtida qilinmaganini taʼkidladi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Diyego Maradona 2020-yil 25-noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Hozirda Argentina prokuraturasi Maradonani davolagan shifokorlar faoliyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.
Jamshidbek Amirov







