Temur Kapadze: "Men jamoamga ishonaman"
Bugun “Paxtakor” stadionida U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi oldidan O‘zbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda termamiz murabbiyi saralash o‘yinlari haqida fikr bildirdi:
"Ushbu saralash o‘yinlaridan asosiy maqsadimiz keyingi yil yurtimizda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida munosib ishtirok etish va 2024-yilgi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdan iborat. Men jamoamga ishonaman. Ular keyingi ikki yilda yana-da yaxshiroq o‘yin namoyish etadi, deb umid qilaman. Muxlislarimizdan bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman".
Eslatib o‘tamiz, ertadan Osiyo kubogi saralash o‘yinlariga start beriladi. Unda Saudiya Arabistoni, Quvayt, Bangladesh va O‘zbekiston terma jamoalari maydonga tushadi.
Jamshidbek Amirov







