Gimnastika afsonasi o‘z maktabiga asos soldi
Sportchi Yashnobod tumani Davlat xizmatlari markazida sport taʼlimi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun MCHJini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari okio-2020 olimpiadasi g‘oliblari bilan uchrashganda Vazirlar Mahkamasiga Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabini tashkil etish va ularning faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratishga topshiriq bergandi.
O‘zbekistonlik sport gimnastikasining tirik afsonasi, Olimpiya o‘yinlarida qatnashish bo‘yicha jahon rekordchisi Oksana Chusovitina Yashnobod tumani Davlat xizmatlari markazida sport taʼlimi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun “Chusa sport team” masʼuliyati cheklangan jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Mashhur sportchi ko‘rsatilgan davlat xizmati sifati hamda bir joyda ko‘plab xizmatlardan foydalanish imkoni yaratilganidan mamnun ekanligini bildirdi.
Umid qilamizki, ushbu maktabdan yangi Oksan Chusovitinalar yetishib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, sportchi sportdagi faoliyatini yakunlagani, oradan biroz vaqt o‘tib esa sportga qaytgani haqida xabar berilgandi.
Avvalroq Oksana Chusovitinaga O‘zbekistonda xizmaat ko‘rsatgan sport ustozi faxriy unvoni berilgani hamda sportchi xalqaro miqyosda sportchilar huquqini himoya qilmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova







