Eng dolzarb

Jabrlanuvchi qizning salomatligi SSV nazoratida

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jabrlanuvchining salomatligi haqida rasmiy maʼlumot berildi.

Jabrlanuvchi qizning salomatligi SSV nazoratida

 

Xabaringiz bor, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan talaba-qizni zo‘rlashga qaratilgan hatti-harakatlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda  videoxabarlar tarqaldi.  Shuningdek, mazkur noxush voqea davomida qiz binoning 2-qavati oynasidan pastga itarib yuborilgani aytilmoqda.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jabrlanuvchining salomatligi haqida rasmiy maʼlumot berildi.

 

SSV axborot xizmati maʼlum qilishicha, bemor M.K. joriy yilning 18-oktabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Tezkor tekshiruvlar natijasida unga kattatravma, qo‘shma jarohat, o‘ng o‘tirgich va qov suyaklarining sinib siljishi,  quymuch suyagining o‘ng tomonda sinib qoniqarli turishi, beshinchi bel umurtqasi yon o‘sig‘ining sinib qoniqarli turishi, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona sohasi ezilib yirtilgan jarohati, travmatik shok ikkinchi darajasi tashxislari qo‘yilgan.

 

Shuningdek, bemor olib kelinganida peshona sohasiga birlamchi jarrohlik ishlovi berilib, tikilgan. Shokka qarshi amaliyotlar o‘tkazilib, markazning  travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng mazkur bo‘limda belgilangan standartlar asosida qator terapiya amaliyotlari bajarilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha,  har kuni jarohatiga xirurgik ishlov berilgan. Uch kun mobaynida dinamikada “UZI” qilingan. Qon tahlillari tekshirilgan. Qo‘shimcha mutaxassislar jalb qilingan.

 

Hozirda  bemorning dinamikali  ahvoli qoniqarli. Respublika shoshilinch  tibbiy yordam ilmiy markazining tajribali shifokorlari tomonidan muolajalar davom ettirilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Тoshkent Pedagogika instituti  talabasiga "zamdekan"i tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"