Rossiyada koronavirus avj olganiga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi
Rossiya Federatsiyasida 26-oktabr holatiga ko‘ra, bir kecha-kunduzda 36 ming 446 kishida COVID-19 virusi aniqlangan va ulardan 1 ming 106 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Hozirgi kunda koronavirusning yangi shtammlari dunyo bo‘yicha tarqalib, insonlar hayotiga yuqori darajada xavf solmoqda.
Rossiya Federatsiyasida 26-oktabr holatiga ko‘ra, bir kecha-kunduzda 36 ming 446 kishida COVID-19 virusi aniqlangan va ulardan 1 ming 106 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Mutaxassislar ayni paytda vaziyatning bu qadar ayanchli tus olishiga sabab bo‘lgan omillarni tahlil qilyapti.
Rossiyadagi yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlaridan birining laboratoriya rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Kostinovning maʼlum qilishicha, bularning hammasi mamlakatda koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet shakllanmagani bilan bog‘liq. Chunki aholini emlash darajasi past.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 ga qarshi 3 ta vaksina qo‘llanilyapti. Biroq aholi orasida emlanishni xohlamayotgan yoki uni paysalga solayotganlar ko‘p. Oqibatda ular vaqt o‘tib baribir ushbu kasallikka chalinmoqda. Shu tufayli virusning yangi mutatsiyalari paydo bo‘lishiga imkoniyat yuzaga kelmoqda.
Mutaxassislar faqat ommaviy immunitet COVID-19 ni to‘liq bloklash imkonini beradi, - deyishmoqda
Eslatib o‘tamiz, bundan avval JSST pandemiya 2022 yil davomida ham cho‘zilishi mumkinligidan ogohlantirgani va isroillik olimlar koronavirusning АY.4.2 deb nomlangan yangi turini qayd etgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







