Sport

Yoshlarimiz saralashni durang bilan boshladi

O‘yin “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarimiz saralashni durang bilan boshladi

 

Bugun “Paxtakor” markaziy stadionida U-23 Osiyo Kubogi saralashidan o‘rin olgan bahslarga start berildi. Mazkur bahslarning dastlabki uchrashuvi O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan to‘qnashuv durang natija bilan yakunlandi.

 

O‘yinning 40-daqiqasida Hamid Abdulloh arablarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, biroz vaqt o‘tib termamiz safida Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa jamoalar tanaffusga durang natija bilan yo‘l oldi. Ikkinchi taymning dastlabki daqiqasida esa saudiyaliklar birinchi hujumdayoq termamiz darvozasiga to‘p kiritdi va hisobda yana oldinga chiqib oldi. Uchrashuvning 79-daqiqasiga kelib jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov penaltidan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur saralash o‘yinlarining ikkinchi bahsi Bangladesh va Quvayt termalari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

 

Jamshid Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yoshlarimiz saralashni durang bilan boshladi | Zamon.uz