Ta'lim

Andijonda "Collegium Humanum" Varshava menejment universitetining filiali ochildi

Hozirda mazkur nodavlat oliy o‘quv yurti Asaka agrotexnologiyalar texnikumining bir qismida tashkil etilgan.

Andijonda "Collegium Humanum" Varshava menejment universitetining filiali ochildi

 

Ushbu taʼlim dargohiga  "Collegium Humanum" Varshava menejment universiteti rektori Pavel Cherneskiy tashrif buyurib,  mazkur nodavlat oliy o‘quv yurtining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilm-fan, taʼlim yo‘nalishidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini  taʼkidladi.

 

Ochilish marosimida taʼkidlanganidek, Vazirlar Mahkamasi joriy yil 14 aprelda “Collegium Humanum” Varshava menejment universitetining Andijon filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilgan edi. polshalik investorlar ushbu loyiha uchun umumiy qiymati 2,6 million dollarga teng mablag‘ ajratdi.

 

Yangi universitet filialini tashkil etish loyihasining birinchi bosqichi doirasida 500 ming dollar xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi.

 

Hozirda mazkur nodavlat oliy o‘quv yurti Asaka agrotexnologiyalar texnikumining bir qismida tashkil etilgan.

 

Muassasaning dastlabki bosqichida   “Moliya va buxgalteriya hisobi”, “Transport va logistikada menejment”, “Xalqaro biznes va marketing”, “Turizm, mehmonxona ishi va umumiy ovqatlanishda menejment va marketing”, “Kichik va o‘rta biznesni boshqarish”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

 

Filialga talabalar   joriy yildan  qabul qilinadi. O‘qish O‘zbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlarini inkor etmagan holda muassis tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejasi va fan dasturlariga muvofiq  tashkil etiladi.

 

Shu bilan birga, kunduzgi taʼlim shaklida o‘zbek, ingliz va rus tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval  toshkentda Markaziy Оsiyo xalqaro instituti ochilgani va “Yangi O‘zbekiston” universitetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani  haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Zangiotada Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etilishi xabar qilingandi.

  Cho‘lponoy Ahmedova

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Andijonda "Collegium Humanum" Varshava menejment universitetining filiali ochildi | Zamon.uz