Sport

Boks. Bugun amaldagi jahon chempioni ringga chiqadi

Bugun Serbiya davlatining Belgrad shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi bellashuvlariga start beriladi.

Boks. Bugun amaldagi jahon chempioni ringga chiqadi

 

Xususan, unda -57 kg vazn toifasida sobiq jahon chempioni hamyurtimiz Mirazizbek Mirzahalilov amerikalik Jamal Xerliga qarshi ringga ko‘tariladi. Eng og‘ir vaznli bokschimiz Lazizbek Mullajonovning jangi ham bugungi kun dasturidan o‘rin olgan. Sportchimiz mazkur to‘qnashuvda eronlik Puria Amiri bilan bahs olib boradi.

 

Musobaqaning dastlabki kunida irlandiyalik Brendan Makkivini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘llanma olgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev falastin vakili Axmed Xarara bilan ringga chiqadi.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur jahon chempionati 6 noyabrga qadar davom etadi.

 

Avvalroq boks bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kunida yurtimiz sharafini kimlar himoya qilishi va O‘zbekiston boks terma jamoasi tarkibi eʼlon qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Boks. Bugun amaldagi jahon chempioni ringga chiqadi | Zamon.uz