Kobulda yuzlab afg‘onlar maosh to‘lashni talab qilib namoyishga chiqdi
Ularnining asosiy qismini davlat xizmatchilari va o‘qituvchilar tashkil qiladi.

Kobulning yuzlab aholisi shanba kuni shahar banklaridan biriga maoshlarni to‘lashni talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu ish haqi 3 oydan 5 oygacha kechiktirilmoqda.
Bir guruh namoyishchilar Yangi Kobul banki oldida to‘planishgan. Ularning asosiy qismini davlat xizmatchilari, o‘qituvchilar tashkil qiladi.
Ularning aytishicha, bankomatlarda naqd pul olishning umuman iloji bo‘lmagan hamda uch kun avval banklar ochilib, bankomatlar ishga tushirilgan bo‘lsada, pulni yechish imkoniyati cheklangan.
Qayd etilishicha, 1 sutka davomida bitta bankomatdan 200 dollardan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ni yechib bo‘lmagan. Shuningdek, afg‘onistonliklar o‘z ish haqini ololmayotganidan norozi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda benzin taqchilligi boshlangani hamda oilasi uchun xavotir olayotgan afg‘onistonlik qiz haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







