Shahobiddin Zoirov: “Ilk jangda, ayniqsa, mezbon bokschi bilan ringga chiqish oson emas”
Shahobiddin Zoirov bugun Serbiyadagi jahon chempionatida ilk jangini mezbon Tamir Galanovga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozondi.

xabar berilgan
Bahsdan so‘ng hamyurtimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: “Ilk jangda, ayniqsa, mezbon bokschi bilan ringga chiqish oson emas. Albatta, har bir narsaning mashaqqati va qiyinchiligi bor. Shunday bo‘lsa-da o‘zimni qo‘lga olishga, murabbiylar bergan ko‘rsatmalarni to‘g‘ri va aniq bajarishga intildim. Murabbiylar raundlar oralig‘ida hisobni aytib turish bilan birga, meni yana-da yaxshiroq jang qilishga undadi. 3-raundda esa biroz ortga qaytib ishlashga harakat qildim”, - dedi Shahobiddin Zoirov.
Avvalroq O‘zbekiston boks terma jamoasi tarkibi eʼlon qilingani va Shahobiddin Zoirov keyingi bosqichga yo‘l olgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







