Ta'lim

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda tarix fani o‘rniga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

Maʼlum bo‘lishicha, bugungi kunda toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda abituriyentlar 2 ta bo‘limdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi.

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda tarix fani o‘rniga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

 

1-bo‘limda barcha yo‘nalishlar uchun majburiy

3 ta fan – Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), Matematika va O‘zbekiston tarixi;

2-bo‘limda 2 ta fan – Tarix va Chet tili fanlari jamlangan.

 

TDYUU Kengashi 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab mutaxassislik blokidagi Tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

 

Yaʼni bu yangilik keyingi yildan emas, balki 2 yildan keyin joriy qilinadi. Boshqacha aytganda hozir maktabda 11-sinfda o‘qiyotganlar keyingi yil imtihonda tarixdan test topshiradi, hozir 10-sinfda o‘qiyotganlar esa 2023 yili testda tarix o‘rniga huquqiy fanlardan test topshiradi.

 

Maʼlumot o‘rnida, bugungi kunda maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari o‘qitib kelinmoqda. Test savollari ushbu maktab darsliklari asosida tuziladi. Shuningdek, bu qaror maktablarda huquqiy fanlarni o‘qitish rivojiga katta hissa qo‘shadi, afsuski huquq fanlari test sinovlarida bo‘lmagani sababli o‘quvchilarda bu fanlarni o‘qishga qiziqish yo‘q.

 

Endilikda yoshlar maktab davridanoq huquqiy fanlarni o‘qishga kirishadi, bu ularda o‘quvchilik davridanoq huquqiy bilimlarining oshishiga turtki beradi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dtm test materiallari tarqalayotgani yuzasidan izoh bergani  haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda tarix fani o‘rniga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi | Zamon.uz