Eng dolzarb

Bugun, 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Yangi oy boshida turibmiz. Xo‘sh, noyabr oyida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Bugun, 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

 

Imkoniyati cheklangan yoki imtiyozli toifaga kiruvchi fuqarolar uchun

 

Mazkur oydan boshlab imkoniyati cheklangan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanganda 50 foizlik chegirma beriladi.

 

Bunda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar nazarda tutilgan. Ular uchun davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi. Biroq tadbirkorlar bundan mustasno.

 

Eʼtiborli jihati, mazkur oydan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar ayrim tibbiy xizmatlar uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlaridan bepul foydalanishi mumkin. Bunda ketadigan xarajatlar byudjet hisobidan qoplab beriladi .

 

Mahallada ishlovchi xodimlar uchun

 

Agar hududida mingdan ortiq xonadon bo‘lsa, mahalla xodimlarining maoshi 35 foizga oshiriladi.

 

Oilada aziyat chekayotgan jabrdiydalar uchun

 

Oilaviy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda jabrdiydalarni ximoya qilish, ularning haq-huquqlarini tiklash ustivor vasifa sifatida ish olib belgilanganhttps://lex.uz/docs/5670659.

 

Boquvchisini yo‘qotgan yoki chin yetimlar uchun

 

Bundan tashqari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki yetim bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi.

 

Mehnat migrantlari uchun

 

Mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblar to‘g‘risida yagona maʼlumotlar bazasi yaratiladi.

 

Bunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan quyidagilar shakllantiriladi:

•  malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni baholovchi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil malaka baholashning maʼlumotlar bazasi;

•  mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblar to‘g‘risida yagona maʼlumotlar bazasi.

 

Tibbiyot xodimlari uchun

 

Davlat tibbiyot muassasalari rahbarlari Healthcare Administration yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladi.

 

Tadbirkorlar uchun

Mazkur oydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida tadbirkorlik loyihalari amalga oshiradigan tadbirkorlarga yana-da qulaylik yaratiladi. Bunda loyihani mablag‘ bilan taʼminlash uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga 10 yildan kam bo‘lmagan yoki jalb qilingan muddatga qayta kreditlanadi.

 

Shuningdek, xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarni respublika hududiga erkin muomalaga chiqarish tartibi joriy etiladi.Bunda tadbirkor mahsulotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan bo‘lishi lozim.

 

Eslatma: jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlar doirasida olib kelingan mahsulotlar bundan mustasno.

 

Xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan ayrim turdagi mahsulotlarni yigirma to‘rt oy davomida import qilishga ruxsat etiladi. Bunda tadbirkor O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblangan akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarida muvofiqlik sertifikatini (amal qilish muddatidan qatʼi nazar) hech bo‘lmaganda bir marta rasmiylashtirgan bo‘lishi zarur.

 

Bundan avval 1 oktyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgargani hamda 1 sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Bugun, 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi? | Zamon.uz