Eng dolzarb

Yerda magnit bo‘roni davom etmoqda. Qutbda yog‘du yuzaga keldi

Kecha, yakshanba kunidan Yer magnitosferasida magnit bo‘roni boshlandi.

Yerda magnit bo‘roni davom etmoqda. Qutbda yog‘du yuzaga keldi

 

Ria Novosti xabariga ko‘ra, bo‘ron kuchsiz, uning darajasi G1 (maksimal daraja G5)ga teng.

 

Prognozga ko‘ra, magnit bo‘roni bugun nihoyasiga yetadi.

 

Bo‘ronga 28-oktabr kuni kechqurun Quyoshda sodir bo‘lgan kuchli chaqnash sabab bo‘lgan.

 

 

Yevropa kosmik agentligi astronavti Tomas Pesse Twitter sahifasida g‘ayrioddiy quyosh chaqnashi natijasida yuzaga kelgan qutb yog‘dusi suratlarini joylashtirdi.

 

“Janubiy qutb yog‘dusi qaytdi! Orbitalarimiz va quyosh shamoli ularni yana kuzatishimizga imkon berdi, ko‘rgan armonda, ko‘rmagan darmonda”, - deb yozgan u kadrlarni joylashtirgan postda.

 

Xabarlarga ko‘ra, Yer aholisi qutb yog‘dusini kuzatish imkoniyatiga ega. Misol uchun, yog‘du Rossiya hududida yaqin kunlarda ular 55-60 darajagacha, yaʼni Moskvagacha bo‘lgan kengliklarda kuzatiladi.

 

 

Magnit bo‘roni vaqtida salomatlikka eʼtiborni kuchaytirib, surunkali kasalliklari bo‘lgan kishilar ehtiyotlikni oshirishi lozimligi aytiladi.

 

Shuningdek, bu holat energetik tizimlar himoyasida noto‘g‘ri signallarni keltirib chiqarishi mumkin. Kosmik kemalar esa sirt zaryadini to‘plagani sababli kosmik kemaning orbitadan chiqarish xavfini tug‘diradi. Bundan tashqari, sunʼiy yo‘ldosh navigatsiyasidagi buzilish va past chastotali radionavigatsiya muammolari, shuningdek, yuqori chastotali radioaloqa uzilishlariga olib kelishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Yerda magnit bo‘roni davom etmoqda. Qutbda yog‘du yuzaga keldi | Zamon.uz