Sport

Zlatan Ibrahimovich: “Men bo‘lmaganimda “PSJ” bu darajaga chiqolmasdi”

Italiyaning “Milan” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich “PSJ” klubida to‘p surgan paytlarini esladi:

Zlatan Ibrahimovich: “Men bo‘lmaganimda “PSJ” bu darajaga chiqolmasdi”

 

“Men “PSJ” bilan u  katta klub sifatida endi shakllanayotgan vaqtda  birinchilardan bo‘lib  shartnoma imzolaganman. Va bu bilan juda ham faxrlanaman. Men bo‘lmaganimda “PSJ” bu darajaga chiqolmasdi. Baʼzilar meni bu yerga faqat pul, shahar, go‘zal hayot uchun kelgan deb o‘ylaydi. Yo‘q, men bu yerga hamma narsani o‘zgartirish uchun kelganman”.

 

Eslatib o‘tamiz, shvetsiyalik futbolchi 2012 yildan 2016 yilgacha Parij klubida to‘p surgan.

 

Avvalroq Fransiya prezidenti va Arsen Venger afsonalar terma jamoasida xayriya o‘yinida qatnashgani va Keylor Navas jarohati tufayli ikkita o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Zlatan Ibrahimovich: “Men bo‘lmaganimda “PSJ” bu darajaga chiqolmasdi” | Zamon.uz