Ayrim rasmiy tashkilotlarning logotipidan foydalangan baʼzi soxta veb-sahifa manzillari eʼlon qilindi.
Markaziy bank fuqarolarni onlayn qaroqchilikdan ogohlantirmoqda.

Quyidagi ro‘yxatda ayrim rasmiy tashkilotlarning logotipidan foydalangan baʼzi soxta veb-sahifa manzillari keltirilgan.
Darhaqiqat, ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni “chuv” tushirayotgan firibgarlar kundan kunga ko‘payib bormoqda. Achinarlisi, aldanayotganlarning ham soni anchagina ko‘p.
Avvallari mavjud bo‘lgan soxta akkaunt orqali avrab-aldash usullari endi biroz eskirdi. Bugun Internet firibgarligi Internet qaroqchiligiga aylandi desak, yolg‘on bo‘lmaydi. Qo‘lingizda turgan bank kartasidan siz bilmagan va anglamagan yo‘llar orqali pul yechib olishlarini boshqacha izohlay olasizmi?
Endilikda bunday mulkni onlayn talon-tarojlikdan qutqarib qoladigan narsa, faqatgina xushyorlikdir. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki barcha fuqarolarni ogohlikka chaqirmoqda.
Mutaxassislarning uqtirishicha, fuqaro tasdiqlovchi kodni oshkor qilmasligi lozim. Yaʼni siz har qanday holatda ham SMS-xabar orqali kelgan bir martalik tasdiqlovchi kodni hech kimga oshkor qilmasligingiz shart. Ushbu tasdiqlovchi kod yordamida firibgarlar xisobingizdagi pul mablag‘larini nolga tushirib qo‘yishi mumkin.
Begonalarga kartangizni yoki mobil ilovalardagi akkauntingiz to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bermaganingiz maʼqul. Aks holda, siz pulingizni birovga ataying “hayriya” qilgandek bo‘lasiz. Eng yaxshisi, shunchakli kartangizning 16 xonali raqamini ayting.
Hozir davr raqamlashmoqda. Shuning uchun endi siz mahsulotni onlayn xarid qilishingiz mumkin. Biroq, shoshilmang! Bu turdagi bozorlar odatiy bozorlardan ko‘ra anchagina ehtyotkorlikni talab qiladi. Endi siz xaridorning afti-angoriga emas, u taklif qilayotgan mahsulot yoki xizmatlarning sertfikatliligiga, letsenziyalanganligiga eʼtibor berishigiz kerak. Shu bilan birga, saytning rasmiyligiga ham diqqat qarating.
Yana takror aytamiz. Ogoh bo‘ling! Firbgarlaring aldovlariga ishonib qolmang.
Olamgir Abdiyev







