Endi ekologiya, daraxt ekish va parvarishlash masalalariga shahar hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari masʼul bo‘ladi
Bugundan 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik" eʼlon qilindi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash choralari ko‘rib chiqildi. Ushbu loyiha doirasida:
✅ yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan;
✅ bundan buyon ekologiya, daraxt ekish va parvarishlash masalalariga shahar hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari masʼul bo‘ladi;
✅ bugundan boshlab 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik" eʼlon qilinadi.
Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida – 16 million tupdan, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘onada – 15 million tupdan, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Sirdaryo, Xorazmda – 14 million tupdan ko‘chat ekiladi.







