15 noyabrdan 7 ta yo‘lda pulli tizim ishga tushadi
2021-yil 15-noyabrdan boshlab Qozog‘istondagi 7 ta yo‘lda pulli tizim ishga tushiriladi.

Shuningdek, 7 ta yangi yo‘l pulli uchastkalar foydalanishga topshirilishi haqida loyihalar imzolanadi.
Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgach, joriy yilning 15 noyabridan birinchi texnik toifadagi pulli tizim amaliyotga tatbiq qilinishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari kompaniya ushbu uchastkalarga 1 oktabrida sinov rejimini qo‘llashga ruxsat beradi
Qayd etilishicha, pulli tizim quyidagi yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiladi:
- Nur-Sultan - Pavlodar;
- Chimkent - O‘zbekiston chegarasi (Toshkentga);
- Shuchinsk - Kokshetau;
- Qapchag‘ay - Taldiqorg‘an;
- Chimkent - Taraz;
- Taraz - Qaynar;
- Chimkent - Qizilo‘rda.
Mazkur yo‘nalishlarda “shaffof” to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yish va takomillashtirishda Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlik o‘rnatildi.
“QazAvtoJol” kompaniyasi xodimi mazkur loyihaning afzaliklarini aytib o‘tdi:
“Ushbu tizim pulli hududlarda hech qanday to‘siq yo‘qligi bilan ajralib turadi. Avtomashinalarning o‘tishi maxsus kameralar va jihozlar yordamida boshqaruv arklariga o‘rnatiladi. “Shaffof” tizimning asosiy afzalligi – yo‘llarda tirbandlik va navbatlar yo‘qligi sababli avtomobillar tezligi chegarasiga rioya etiladi. Davlat raqami uchun hisobni to‘ldirishning 20 dan ortiq variantlari mavjud”.
Maʼlumot o‘rnida: birinchi toifadagi yo‘l haqi bo‘limlarida yo‘lkira narxi 2013 yildan beri o‘zgarmagan va o‘zgarishsiz qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda vtotransport vositalarini tonirovka qilish bo‘yicha yangi tartib belgilangani hamda Uzavto Motors mashinalarini qaysi davlatlar eng ko‘p sotib olingani maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







