Eng dolzarb

Glazgodagi iqlim konferensiyasida muhim deklaratsiya qabul qilindi

Bu 100 dan ortiq davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Glazgodagi iqlim konferensiyasida muhim deklaratsiya qabul qilindi

 

Glazgoda bo‘lib o‘tayotgan BMT iqlim o‘zgarishi masalalari konferensiyasida yuzdan ortiq davlatlar o‘rmonlar yo‘q bo‘lib ketishiga qarshi kurashni kuchaytirish majburiyatini oldi. Bu haqda DW xabar berdi.

 

2 noyabr kuni qabul qilingan deklaratsiyada qayd etilishicha, dunyoda o‘rmonlar kesilishi 2030 yilga borib to‘xtalishi kerak. Bu orqali global iqlim isishi oqibatlarini kamaytirish maqsad qilingan.

 

Ushbu deklaratsiya o‘rmonlarning 85 foizi to‘plangan 100 dan ortiq davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Kelishuv 20 milliard dollar ajratilishini ko‘zda tutadi. Bu mablag‘larning bir qismi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashga va yong‘inlardan aziyat chekkan maydonlarni qayta tiklashga sarflanadi.

 

Shu bilan birga xalqaro ekologik tashkilot Greenpeace  ushbu kelishuvni “yetarli emas” deya baholadi. Tashkilotning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘rmonlar ayovsiz kesilishi uchun yana o‘n yil vaqt taqdim etadi.

 

Maʼlumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish tashabbusini ilgari surdi.

 

Bundan avval Rim Papasi iqlim o‘zgarishi dunyoda ekologik qochqinlar soni oshishiga olib kelishini maʼlum  qilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Glazgodagi iqlim konferensiyasida muhim deklaratsiya qabul qilindi | Zamon.uz