Kingsli Koman: “U “Oltin to‘p”ga har tomonlama munosib”
“Bavariya” futbolchisi Kingsli Koman “Oltin to‘p”ga o'zi munosib deb bilgan nomzodni aytdi:

“Albatta, Levandovski oxirgi mavsum natijalariga ko‘ra, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi kerak. Zero, u bunga har tomonlama munosib hisoblanadi. Bizda yuqori bosimdan mohirona foydalanadigan hujumkor va tezkor jamoa bor. Ishonamanki, bu muxlislarimizga katta zavq bag‘ishlaydi”.
Eslatib o‘tamiz, Robert Levandovski Germaniya chempionatida o‘nta o‘yinda maydonga tushib 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Maʼlumot o‘rnida: “Oltin to‘p”ni topshirish marosimi shu yilning 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq “Bavariya" klubi himoyachisi Lukas Ernandes qamoq jazosiga hukm qilingani va “Bavariya” Levandovski o‘rniga Holandni sotib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







