“Renault Arkana” avtomabili sotuvga chiqdi
“Renault Arkana” avtomabilning hozirgi kundagi narxlari eʼlon qilindi.

O‘zbekiston bozorida Arkana, Kaptur krossoverlarini, shuningdek, Duster avtomabillarinining maʼlum qiymati taqdim etildi.
Arkana Life – 239 million so‘m;
Arkana Drive – 262 million so‘m;
Arkana Style - 281 mln so‘m;
“Renault” Kaptur
Kaptur Life – 228 million so‘m;
Kaptur Drive – 252 million so‘m;
Kaptur Style – 276 million so‘m.
Maʼlumot uchun: Arkana nomi lotincha “arcanum” so‘zidan olingan bo‘lib, maxfiy deb tarjima qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda birinchi avtomobillar joriy yilning kuzida xaridorlarga taqdim etilishi xabar qilingandi.
“Renault” dilerlik tarmog‘ining rivojlanishi bozor talablaridan kelib chiqqan holda, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Shuningdek, Rossiyada Arkana mexanik uzatmali versiya uchun 17,6 ming dollardan sotiladi va variatorli avtomat uzatmali versiya uchun konfiguratsiyaga qarab 20 ming dollardan to‘lash kerak bo‘ladi.
Avvalroq “Renault” O‘zbekiston bozoriga ham chiqarilishi hamda avtomashinaning O‘zbekistondagi boshlang‘ich narxi eʼlon qilingani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







