UFC prezidenti: “Islom Maxachev chempionlik sari yana-da yaqinlashmoqda”
UFC prezidenti Dana Uayt rossiyalik 30 yoshli UFC jangchisi Islom Maxachevning kelajagi haqida gapirdi:

U hozirda chempionlikka davogar eng kuchli jangchilar qatorida e'tirof etilmoqda. Den Xuker ustidan qozonilgan g‘alaba uni chempionlik sari yana-da yaqinlashtirdi, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan UFC 267 turnirida Islom Maxachev Yangi Zelandiya vakili Den Xuker bilan jangda g‘alaba qozongan edi. Maxachev uchun bu professional sportdagi 21- g‘alabasi edi. Den Xuker esa shu kuni o‘z hisobiga 11-mag‘lubiyatni yozdirib qo‘ydi.
Avvalroq UFC 267 turnirning asosiy janglarida qanday natijalar qayd etilgani va UFC sportchilarning AQSHga kirishiga cheklov o‘rnatgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







