YCHL. 4-tur o‘yinlari yakuniga yetdi
“Bavariya” - “Benfika” o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol qayd etildi. Nemis klubi 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Kecha Yevropa stadionlarida Chempionlar ligasining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qiziqarli bahslar o‘tkazildi. Xususan, garchi durang natija qayd etilgan bo‘lsa-da "Manchester Yunayted" - “Atalanta” uchrashuvi muxlislar uchun esda qolarli vaziyatlarga boy bo‘ldi.
“Bavariya” - “Benfika” o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol qayd etildi. Nemis klubi 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Chempionlar ligasi 4-turining dastlabki uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:
“Volfsburg” 2:1 “Zalsburg”
“Malmyo” 0:1 “Chelsi”
"Dinamo K" 0:1 “Barselona”
“Vilyareal” 2:0 "Yang Boyz"
“Sevilya” 1:2 “Lill”
“Yuventus” 4:2 “Zenit”.
Jamshidbek Amirov







