Holandning holati haqida maʼlumot berildi
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holandning otasi Alf-Inge futbolchining salomatligi haqida gapirdi:

“Hozirgi holatni hisobga oladigan bo‘lsak, Erlingning sog‘ligi unchalik yomon emas. Lekin to‘liq tiklanishi uchun hali vaqt kerak bo‘ladi. Agar u 25 dekabrgacha hech bo‘lmasa bir-ikki o‘yinda maydonga tushsa, ajoyib bo‘lardi, lekin bu hozircha dargumon”.
Bundan oldin “Borussiya” bosh murabbiyi Marko Rouz Holandning bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligini aytgandi. Ammo, aftidan, norvegiyalik o‘yinchi jiddiy jarohat olgan ko‘rinadi.
Holand taxminan bir oydan buyon jarohati tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yuboryapti. Norvegiyalik futbolchi Bundesliganing 8-turidan o‘rin olgan “Maynz”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Erling Holand “Borussiya D” safida o‘tgan mavsum 49 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol urishga erishdi. Joriy yilgi chempionatda esa u 10 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi.
Avvalroq “Bavariya” Levandovski o‘rniga Holandni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi va investitsiya fondlari “Barselona”ga Holandni sotib olishga yordam bermoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







