Eng dolzarb

Parkent tumanidagi xonadonda boqilayotgan sherlar bo‘yicha Ekologiya qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi

Sher bolasi o‘ng ko‘z kataraktasi bilan tug‘ilganligi hamda maxsus muolajalarning o‘z vaqtida olib borilishi maʼlum bo‘ldi.

Parkent tumanidagi xonadonda boqilayotgan sherlar bo‘yicha Ekologiya qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi

 

Avvalroq Toshkent viloyati Parkent tumanidagi xonadonlarning birida Afrika sher bolasining saqlanayotgan, ularning ahvoli qoniqarli emasligi bilan bog‘liq videoxabar berilgandi.

 

Ushbu holat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganildi va quyidagilarni maʼlum qildi.

 

Qo‘mita tomonidan 2019 yil 10 oktyabr kuni fuqaro X.Ahmedovga yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va ko‘paytiriladigan pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalarini hisobga qo‘yish to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirilgan. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha “Wildlife” MCHJ pitomnigi Toshkent viloyatining “Bog‘ishamol” dala hovli hududida joylashgan.

 

Pitomnik rahbari X.Ahmedov tomonidan Afrika sherlari (1 dona erkak va 1 dona urg‘ochi) 2020 yilning 3 oktyabr kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi “Shou panda arena” havaskorlik sirk guruhi rahbari bilan shartnoma tuzilib, sotib olingan.

 

Pitomnikda saqlanayotgan yovvoyi hayvonlar bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasiga 2021 yilning yanvar oyida taqdim etilgan hisobotga muvofiq, sherlar 2017 yilda tug‘ilgan, ozuqa ratsioniga go‘sht, tuxum va turli vitaminlar belgilangan. Ular o‘z vaqtida beriladi. Erkak jinsli sherning vazni 230 kg, urg‘ochi sherning vazni 170 kg, yovvoyi hayvonlarga emlash ishlari muddatida olib borilgan hamda ularning umumiy ahvoli yaxshi.

 

Shuningdek, “Wildlife” MCHJ rahbari bilan muloqot davomida joriy yilning 8 sentyabr kuni zoopitomnikda 1 dona bosh sher bolasi o‘ng ko‘z kataraktasi bilan tug‘ilganligi hamda maxsus muolajalarning o‘z vaqtida olib borilishi maʼlum bo‘ldi.

 

Sherlarning ochiq havoda aylanishi uchun qo‘shimcha 24 metr-kvadrat maydonga ega mustahkam panjarali usti berk valer tashkil etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Parkent tumanidagi xonadonda boqilayotgan sherlar bo‘yicha Ekologiya qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi | Zamon.uz