Shifokor ayolni ayovsiz kaltaklagan fuqaro 4 yilga qamaldi
Shifokor N.Toshpulatovaning bosh miyasi qattiq lat yeb, og‘ir darajadagi bosh miya yopiq jarohati kasalxonaga yotqiziladi.

Shu yilning 24-mart kuni kechki payt soat 23:15 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya qabul bo‘limiga poytaxtning Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 37 yoshli fuqaro U.N. onasi hamrohligida tekshiruvga olib kelingan.
Bemorning onasi toksikolog xonasida o‘z xizmat faoliyatini o‘tayotgan navbatchi shifokor N.Toshpo‘latovaga o‘g‘liga qarashini so’raydi. Boshqa bemorni ko’ryotgan navbatchi shifokor bemor U.N. shundan so’ng qabul qilishini aytadi. Buni eshitgan bemorning onasi og'ziga kelgan so'zlar bilan haqorat qiladi boshlaydi. Bu ham yetmagandek, mast o’g’li xonaga kirib, navbatchi shifokorni ura ketadi. Oqibatda shifokor N.Toshpulatovaning bosh miyasi qattiq lat yeb, og‘ir darajadagi bosh miya yopiq jarohati kasalxonaga yotqiziladi. O‘sha paytdayoq Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan qonunga muvofiq hukm chiqarilishini so‘rab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat bilan chiqqan. Keyingi jarayonlarda tibbiyot xodimiga qo‘l ko‘targan fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochilib, surishtiruv ishlari boshlangan.
Oradan ma’lum vaqt o’tib, 2021 yilning 2 noyabr’ kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida fuqaro U.N.ga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Unga ko’ra, фyblanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Garchi ayblanuvchining oldin muqaddam sudlanmagani, o‘z aybiga iqrorlik bildirib, qilmishidan pushaymonligi, oilaviy sharoiti hamda kasalligi, mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan berilgan iltimosnoma jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb baholangan bo'lsa-da, mazkur qilmishni g‘arazli niyatda hamda mastlik holatida sodir etgani uchun qo‘llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Olamgir Abidyev







