Lifestyle

“Sulton Sulaymon” uchinchi bor ota bo‘ldi

Ayni damda aktrisa ham, chaqaloq ham o‘zini yaxshi his qilmoqda. Qizaloqqa Leyla ismi berildi.

“Sulton Sulaymon” uchinchi bor ota bo‘ldi

 

“Muhtasham yuz yil” va boshqa  teleseriallar orqali tanilib ulgurgan mahoratli va taniqli turk aktyori Xalit Ergench uchinchi marotaba ota bo‘ldi. Ijodkorning rafiqasi, 39 yoshli aktrisa Berguzar Korel turmush o‘rtog‘iga qiz farzand hadya etdi. 

 

Maʼlumot uchun: Xalit Ergench aktrisa Berguzar Korel bilan 2009 yilda oila qurgan. Ularning Ali va Xon ismli ikki nafar  o‘g‘il farzandi ham bor.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Ronaldu egizak farzand kutayotgani maʼlum qilingandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"