Surxondaryoda tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalarda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmoqda
Oktabr oyida Meshalkin nomidagi ilmiy tekshirish instituti kardiojarrohlari bu yerda qon tomirlarini stendlash amaliyotini ham o‘tkazgandi.

Novosibirsk shahrida joylashgan Meshalkin nomidagi qon aylanish patologiyalari ilmiy tekshirish instituti kardiojarrohlari Aleksey Voytov va Sardor Rahmonov surxondaryolik mahalliy shifokolar bilan birgalikda tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazmoqda.
Mazkur operatsiyalar joriy yil yil avgust oyida viloyatning bir guruh delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga safari chog‘ida vohada kardioxirurgiyani rivojlantirish, murakkab jarrohlik amaliyotlarini hamkorlikda amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish yuzasidan mazkur ilmiy tekshirish instituti hamda Kardiologiya tibbiy-amaliy ilmiy markazi Surxondaryo filiali o‘rtasida tuzilgan shartnomaning amaliy samarasi hisoblanadi. Shuningdek, o‘tgan oyning boshida Meshalkin nomidagi ilmiy tekshirish instituti kardiojarrohlari bu yerda qon tomirlarini stendlash amaliyotini ham o‘tkazgandi.
Maʼlumot o‘rnida: Meshalkin nomidagi Milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazi (MDRM) kardiojarrohlari dunyoda birinchi marta kichik kesma orqali yurakni murakkab operatsiyasini o‘tkazgan.
Bemor 65 yoshli erkak bo‘lib, klapan kalsifikatsiyasi (kaltsiy tuzlarining cho‘kishi) va tomir devorining ikki barobar kengayishi fonida og‘ir aorta yurak kasalligi bilan og‘rigan. Operatsiya davomida shifokorlar aortaning o‘zgargan qismi va shikastlangan qopqoqni sintetik protezga almashtirdi.
Tibbiyot markazining taʼkidlashicha, odatda bunday jarrohlik aralashuv sternumning 18-20 santimetr kesilishi orqali amalga oshiriladi. Agar bu usuldan voz kechilsa, yaraning yuqumli asoratlari xavfi minimallashtiriladi va bemorning to‘liq reabilitatsiyasi 10-14 kun ichida o‘z o‘rniga keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Murakkab operatsiyalar narxi O‘zbekistonda 10 barobar arzonligi hamda 2022-yilgacha O‘zbekistonda yiliga 50 ta yurak ko‘chirib o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







