YCHL. Ikkinchi kungi bahslar yakuniga yetdi
Kecha oqshom Yevropa maydonlarida Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli va bahsli vaziyatlarga boy bo‘lgan o‘yinlar muxlislar eʼtibori markazida turdi. Xususan, kechaning eng qiziqarli o‘yinlaridan biri "Atletiko M" va “Liverpul” klublari ishtirokida bo‘ldi.
Qarama-qarshiliklarga boy bo‘lgan o‘yinda ingliz jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Fransiyaning “PSJ” hamda Germaniyaning "RB Leypsig" jamoalari ishtirokidagi o‘yin 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Chempionlar ligasi 4-turida quyidagi natijalar qayd etildi:
“Milan” 1:1 “Portu”
"Real Madrid" 2:1 “Shaxtyor”
"Borussiya D" 1:3 “Ayaks”
"Manchester Siti" 4:1 “Bryugge”
“Sporting” 4:0 “Beshiktosh”
“Sherif” 1:3 “Inter”.
Jamshidbek Amirov







